IIB mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi haqidagi xabarga izoh berdi

Фото: кадр из видео

13-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi samosud qilindi” mazmundagi videoxabarlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holatga Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rasmi munosabat bildirdi.

Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruvda quyidagilar aniqlandi. Videodagi holat joriy yilning 5 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Qizil-suv” mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar 2008-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi  S.X., D.I va V.L lar o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Hozirda holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.