IIV ikki nafar yuqori lavozimli amaldorni egallab turgan lavozimidan ozod qildi

фото: wikipedia.com

Vazir Po‘lat Bobojonov Ichki ishlar vazirligining ikki nafar yuqori lavozimli xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, IIV Tezkor-qidiruv boshqarmasi jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i, polkovnik Ahrorjon Atxamov va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ishdan bo‘shatilgan.

Bundan tashqari, Markaziy IIBB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Timur Sobirov ham egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.