IIV voyaga yetgan kvadroberlarni 15 sutkagacha qamoqqa olish bilan ogohlantirdi
Vazirlik 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bunday harakatlar mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishini ma’lum qildi.
“MJtKga muvofiq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’ huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi B 5 barobarigacha (1 million 875 mi so‘mgacha) jarimaga tortishga sabab bo‘ladi”, deyilgan IIV xabarida.
Ma’lum qilinishicha, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur harakatlar bilan fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibini buzish , fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik MJtKning 183-moddasi (mayda bezorlik) BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima soishga yoki 15 sutkagacha muddatga qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Sharhlar