Ijodiy imtihonlar uchun ruxsatnomalar chiqdi

Foto: MyGovUz

Avvalroq, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi haqda xabar bergan edik.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘ylab 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

Imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomani my.gov.uz dagi “Abituriyentni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati” orqali onlayn yuklab olish mumkin.

Abituriyentlardan yuqoridagi xizmat orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.