Ijtimoiy himoya agentligi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sharifxodjayev Usman Ulfatovich Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Usman Ulfatovich Agentlik tizimida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida tizimli ishlarni tashkil etib, kambag‘allik darajasini baholash va qisqartirish choralarini ko‘rish, kambag‘al oilalarning ro‘yxatini yuritish, kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish ishlarini muvofiqlashtirib boradi.
U shuningdek, Agentlik huzuridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ijtimoiy himoya sohasida olib borilayotgan ilmiy faoliyatlarga uslubiy jihatdan bevosita rahbarlik qiladi.
Ma’lumot uchun: Bunga qadar Usman Ulfatovich O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Mehnat faoliyati davomida maktablarda ta’lim jarayonlarini tashkil etish, xususan imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim jarayonlarini muvofiqlashtirish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va xorijiy tillarni o‘qitishni kengaytirish bo‘yicha ishlarni samarali olib borgan.
Sharhlar