“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kimlar kiritiladi

Foto: kun.uz

Qonunchilikka ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga (“Yagona reyestr” AT) oilaning 18 yoshga to‘lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiritilishi belgilangan.

“Yagona reyestr” ATga kiritish davlat xizmatlari markazi, YAIDXP (my.gov.uz) orqali yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi (bepul xizmat ko‘rsatiladi).

“Yagona reyestr” ATga kiritilganlarga ijtimoiy nafaqalar “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan to‘lanilishi belgilangan.

Avvalroq, “Ayollar daftari”ga kimlar kiritilishi haqda xabar bergan edik.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.