Ikki haftada O‘zbekistonda 24 721 quti aksiz markasiz  sigaretlar musodara qilindi

Фото: Кушербаев

Atigi ikki hafta ichida O‘zbekistonda 24 721 quti aksiz markasi bo‘lmagan sigaret musodara qilinibdi. Raqamlardan budjetga qancha zarar yetkazilayotganini tasavvur qilavering.

Namangan viloyatidagi tekshiruv davomida turar joylardan birining yerto‘lasida chet elda ishlab chiqarilgan, 12 500 quti aksiz markasi va belgilangan namunadagi markirovkasi bo‘lmagan sigaretlar aniqlangan. Qashqadaryodagi reydlarda esa 7 838 quti noqonuniy sigaret musodara qilingan. Bular hammasi emas, Qoraqalpog‘istonda umumiy summasi 57,4 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 4 383 quti kontrabanda sigaret olib qo‘yilgan. Jazo choralari kuchaytirilganiga qaramay, ahvol og‘irligicha qolmoqda.

Aksizi bo‘lmagan tamaki mahsulotini nokonuniy saklash va sotish – jinoyatdir va u og‘ir oqibatlar: 12 yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lish, tovar musodarasi va jarimaga olib keladi. Afsuski, ayrim tadbirkorlar ko‘proq foydani o‘ylab, noqonuniy tovarlar bilan savdo qilishdan ham qaytishmayapti, orasida bilib-bilmay sotayotganlari ham bordir balki. Shunday tadbirkorlarga murojaatim, sotuvchilardan talab bo‘lmasa, noqonuniy tovrlar o‘z-o‘zidan kamayib ketadi. Birgina aksiz markani deb butun boshli biznesingizni xavf ostiga qo‘ymang, kontrabandaga aralashmang.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.