Ikkita asteroid Yer tomon uchmoqda
NASA maʼlumotlariga koʻra, Yerga ikkita potentsial xavfli asteroid yaqinlashmoqda.
Har bir inson Eyes on Asteroid ilovasi yordamida real vaqt rejimida asteroidlarning orbital harakatlarini kuzatishi mumkin. Maʼlumotlarga koʻra , 4-dekabr kuni yer yaqinidan ikkita potentsial xavfli 447755 (2007JX2) va 2020XR asteroidlari uchadi. NASA ma’lumotlariga ko’ra, 2007JX2 samoviy jismining uzunligi 402,3 metr, undan Yergacha bo’lgan masofa esa 5 532 113 km ga etadi. Uzunligi 387,7 m bo’lgan ikkinchi samoviy jism – 2020xr Yerga 2,2 million kilometrdan ortiq masofada yaqinlasha oladi.
Ilova kuniga ikki marta yangilanganligi sababli, barcha yangi kosmik ob’ektlar darhol ilovaga qo’shiladi. Shuningdek, uning ichida siz kosmik kemalarning animatsion modellarini va ularning asteroidlar yoki kometalar bilan to’qnashuvini o’rganishingiz mumkin
Sharhlar