Ilhom Aliyev Davlat tashrifini Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘yishdan boshladi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Davlat tashrifi Toshkent shahridagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
Mazkur ko‘rkam go‘sha Prezident Shavkat Mirziyov tashabbuslari bilan 2022-yilda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi, o‘zbek xalqining yaqin do‘sti Haydar Aliyev sharafiga bag‘ishlab barpo etilgan.
Ozarbayjon delegatsiyasi buni O‘zbekiston xalqidan qardosh Ozarbayjon xalqiga xurmat ifodasi, umumiy tariximizga chinakam birodarona munosabati sifatida qabul qilishini takidladi.
Shundan so‘ng Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Sharhlar