Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov vafot edi

Тошкент, 1970-йиллар. Шароф Рашидов рафиқаси Хурсан Ғафуровна ва ўғли Илҳом Рашидов билан. Фото: Рахимжон Султоновнинг шахсий архивидан (Gazeta.uz)

Sharof Rashidov fondi boshqaruv raisi, davlat va jamoat arbobi Ilhom Rashidov 74 yoshida vafot edi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” Adliya vazirligi taqdim etgan ma’lumotga tayanib. U Sharof Rashidovning yagona o‘g‘il farzandi hisoblanadi.

«Adliya vazirligi jamoasi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi, notariat bo‘limi bosh maslahatchisi Nadira Ilhomovna Rashidovaning otasi Ilhom Sharofovich Rashidovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi», deyiladi xabarda.

Ilhom Rashidov SSSR Davlat xavfsizlik komiteti oliy maktabini bitirib, shu sohada xizmat qilgan.

“Nuz.uz” yozishicha, u «og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng» hayotdan ko‘z yumgan.

Nashr eslatishicha, 2021-yilning dekabr oyida AQShda taniqli olima, jamoat arbobi, Sharof Rashidovning qizi Svetlana Rashidova 70 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.