Ilon Mask kelgusi 10 yil ichida «millionlab odamlarga» chip o‘rnatmoqchi

Foto: O'zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining rasmiy kanali

O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqda tadbirkor o‘zining “Neuralink” startapining so‘nggi muvaffaqiyatlari sharhida yozdi. Yaqinda ular ikkinchi bemorga neyrochipni joylashtirishdi — va u hatto o‘z fikr kuchi bilan “Counter-Strike 2” o‘ynay oldi.

“Agar hammasi yaxshi davom etsa, bir necha yil ichida yuzlab odamlar “Neuralink”ga ega bo‘lishadi, 5 yildan keyin — o‘n minglab, 10 yildan keyin esa — millionlab odamlar” — deb yozdi Mask.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.