Imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi
“Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan:
- davlat oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shakli joriy etiladi;
- maktabgacha ta’lim yo‘nalishining sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi.
2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.
2024-yil 1-oktyabrdan jismoniy shaxs bir paytning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat bog‘chada mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
2025-yil 1-sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida elektron shaklda tuziladi.
2025-yil 1-yanvardan qamrov darajasi past bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi.
Sharhlar