Imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi

Created by ImageGear, AccuSoft Corp.

“Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga (PF-152-son)
muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan:

davlat oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shakli joriy etiladi;

maktabgacha ta’lim yo‘nalishining sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi.

2018–2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.

2024-yil 1-oktabrdan jismoniy shaxs bir paytning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat bog‘chada mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.

2025-yil 1-sentabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida elektron shaklda tuziladi.

2025-yil 1-yanvardan qamrov darajasi past bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.