“INBAZAR” faoliyatini yakunlamoqda

Фото: Яндекс

Ijtimoiy tarmoqlarda “Inbazar” savdo doʻkonlari tarmogʻidagi xodimlar soni toʻgʻrisida tarqalgan maʼlumotlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi  maʼlumot berdi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda:

  • “IN MAG” MChJ;
  • “GO TREND” MChJ;
  • “KDS SALES” MChJ.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga koʻra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʻminlangan.

Xabarga ko’ra, 2024-yilning oʻtgan davrida xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida, mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha jarimalar qoʻllanilgan.

Shtatida 1 nafar xodim koʻrsatilgan “INBAZAR” MChJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.