Toshkentda Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi vafot etdi
13-iyun kuni Toshkentda Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunaryo Kartadinata vafot etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Chuqur qayg‘u bilan Indoneziyaning O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Sunaryo Kartadinata vafot etganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi elchixona xabarida.
Professor Sunaryo Kartadinata soat 18:30 da vafot etgan, o‘lim sabablari ma’lum qilinmagan. Tibbiyot fanlari doktori bo‘lgan Kartadinata Indoneziyaning Qirg‘izistondagi elchisi ham bo‘lib hisoblangan. U 1950-yilda tug‘ilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini 2019-yilda boshlagan.
Ulashish:
Sharhlar