Insofsiz raqobatda ayblangan sement zavodi salkam 5 mlrd so‘m jarima to‘laydi
Sement ishlab chiqaruvchi «Shangfeng-Bridge of Friendship» MChJ boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobat sodir etgan deb topildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Ishni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra quyidagilar aniqlangan:
- 2024 yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak bo‘lgan jami 122,7 ming tonna sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda korxona tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan;
- jami 2,7 ming tonna sement mahsuloti o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilingani natijasida 81,1 mln so‘m asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni (demping harakatlari) sodir etgan.
Shu sababli Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan «Shangfeng-Bridge of Friendship» MChJ 4,9 mlrd so‘m miqdorda moliyaviy jarimaga tortilgan.
MChJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha to‘plangan hujjatlar soliq organiga yuborilgan.
Ulashish:
Sharhlar