Inson huquqlari bo‘yicha IV Samarqand forumi 13-14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi

Foto: pexels.com/Abdullah Aydin

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot xizmati rahbari G‘ulom Mirzayev ma’lum qildi.

Bu galgi Samarqand forumining asosiy maqsadi – iqlim o‘zgarishlarining inson huquqlariga ta’siri bilan bog‘liq masalalarni keng ko‘lamda va axborotlar tahlili negizida atroflicha muhokama qilishdir.

“Xalqaro anjuman ishtirokchilari ushbu sohada zarur bilimlar olish bilan bir qatorda, xalqaro hamjamiyat doirasida o‘zaro tajriba almashish va eng maqbul amaliyotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Forumda asosiy e’tibor iqlim o‘zgarishlarining inson huquqlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini yumshatishga oid aniq tavsiya va yechimlar tayyorlashga qaratiladi” – deyiladi xabarda.

Bu boradagi munozaralar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va o‘zgarayotgan iqlim sharoitida har bir insonning huquqlarini himoya qilish uchun ko‘maklashadigan samarador strategiya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun turli soha mutaxassislariga qulay maydon bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Forum doirasida oflayn va onlayn tarzda uchta yalpi majlis o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.