O‘zbekiston suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga insonparvarlik yordamini yubordi

Foto: O‘zA

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozogʻistonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar koʻrgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, koʻrpacha, yopingʻich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq toʻplamlari va boshqa zarur mahsulotlar oʻrin olgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.