Davlat rahbari investorlar bilan suhbatlashdi

Фото: Президент матбуот хизмати

Namangan viloyatida umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 47 loyiha shakllantirilgan. Shundan 2 milliard 300 million dollarlik 17 tasi davlat rahbariga taqdimot qilindi.

Ularga Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Eron, Pokiston kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Loyihalar qurilish materiallari, elektr texnikasi, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konchilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Xabarga ko‘ra, “Xitoy bilan hamkorlikda Chust tumanida mis qazib olish va qayta ishlash, pokistonlik investor tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanida sintetik mato ishlab chiqarish va bo‘yash, Avstriya kompaniyasi bilan viloyat travmatologiya markazini jihozlash rejalashtirilgan”.

Mazkur 47 ta loyiha natijasida 40 mingdan ortiq aholi ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek Prezident investor va tashabbuskorlar bilan birma-bir suhbatlashib, loyihalarning iqtisodiy samaradorligi muhokama qildi va ularni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beridi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.