“Ipoteka bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llandi
Raqobat qo‘mitasi “Ipoteka bank”ni Instagram sahifasida omonat mahsulotini 26 foizdan deya noto‘g‘ri reklama qilganlikda ayblab, ish ochgan edi.
Qo‘mita maxsus komissiyasiga ko‘ra, “Ipoteka bank” ATIB tomonidan noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘ygan. Bankka nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Ulashish:
Sharhlar