Is gazidan zaxarlanmaslik uchun nimalarga ahamiyat berish lozim
Kuz-qish faslida ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida aholining gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Albatta, bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish hamda ehtiyot choralariga amal qilmaslik oqibatida insonlar is gazidan zaharlanishi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin.
Bu kabi noxush holatlarni oldini olish maqsadida ushbu davirda respublikamizda tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruhlar tuzilib, maxallalardagi ko‘p kvartirali uy va yakka tartibdagi aholi turar joylarida o‘rganishlar va aholiga tushintirish ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu haqda AOKAda Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy tadqiqot instituti boshlig‘i Sobir Jo‘rayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda is gazi bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
“Bugungi kunga qadar ushbu guruxlar tomonidan 88 mingtadan ortiq nosoz dudburonlar, 4 mingta pechlarning nosoz xavfsizlik avtomatikalari, 45 ming nostandart shlanglar orqali gaz uskunalariga ulanish holatlari va 3,5 mingga yaqin nosoz shamollatish tizimlari aniqlandi va ushbu aniqlangan kamchiliklardan 139 mingtasi joyilarda bartaraf etilgan”, – deyiladi xabarda.
Pechlardan foydalanish jarayonida, va aynan is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida Favqulotda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan quyidagi tavsiyalarga axamiyat berishlaringizni so’raydi:
1. isitish pechlar, ularning dudburonlari hamda shamollatish kanallaridan mutaxassislar ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng foydalanish;
2. qo‘lbola yasalgan isitish pechlardan foydalanmaslik;
3. o‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirmaslik, pech va dudburonlarni urnatilmaslik, hamda gaz asboblari o‘rnini almashtirmaslik;
4. dudburonlarni zichligigiga, ularni ichki qismi tozaligiga va havo tortish qobiliyatiga e’tibor berish;
5. Is gazidan zaharlanish va gaz-xavo aralashmasining chaqnashini oldini olish maqsadida vaqti-vaqti bilan derazalarni ochib xonadagi havoni almashtirib turish.
6. Qattiq yoqilgida ishlatishga muljallangan pechlarga qo‘l bola gaz moslamalarni urnatmaslik;
7. Gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari urnatilgan taqdirda foydalanish.
8. bir va ikki konturli gazda ishlaydigan isitish pechlarga dudburon sifatida polimer kanalizatsiya kuvirlarni kullamaslik, ular albatta temir kuvirlardan yaxlit yasalgan bulishi lozim;
9. oshxonada o‘rnatilgan gaz plitalardan xonalarni isitish va kiyimlarni quritish maqsadida foydalanmaslik;
10. xonadonlarga, is va metan gazini aniqlovchi va ular to‘g‘risida xabarlovchi uskunalani urnatish;
11. gaz hidi sezilganda, elektr yoritish chiroqlarini yoqmasdan, xonani tezda shamollatish choralarini ko‘rish va zudlik bilan “104” telefon raqami orqali avariya xizmatiga xabar berish tavsiya etiladi.
Sharhlar