Ish beruvchi qanday hollarda xodimining xarajatlarini kompensatsiya qilishi kerak

Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

  • xizmat safarlarida bo‘lganda;
  • sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;
  • ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;
  • ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;
  • xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;
  • xodim foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;
  • ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.