O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqida 5 mln so‘mdan oshdi
O‘zbekiston Statistika agentligi 2024-yilning yanvar—iyun oylari uchun nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha hisobot e’lon qildi. Bunda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari inobatga olinmagan.
Hisobotga ko‘ra, 2024-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 5 092 200 so‘mni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilda 4 337 600 so‘mga, 2022-yilda 3 551 600 so‘mga, 2021-yilda 2 968 500 so‘mga, 2022-yilda esa 2560 600 so‘mga teng bo‘lgan. Shu tariqa, o‘tgan besh yil ichida o‘rtacha oylik ish haqida qariyb ikki barobar oshgan.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8 450,9 ming so‘m), Navoiy viloyatida (6 601,9 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4 917,8 ming so‘m), Andijon viloyatida (4 446,5 ming so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 165,4 ming so‘m) kuzatildi.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (120,2 %), Samarqand viloyatida (118,2 %), Andijon viloyatida (117,6 %), Farg‘ona viloyatida (116,8 %) hamda Navoiy viloyatida (116,2 %) kuzatildi.
Sharhlar