Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd. so‘mi talon-toroj qilingan
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning mamlakat aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi:
- Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilaga har tomonlama ko‘mak berilmoqda.
- “Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 243 456 nafar xotin – qizlar va 29 198 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar davom ettirilmoqda.
- Bugungi kun holatiga yoshlarning 2881 nafarini bandligi ta’minlandi, 1796 nafari kasb–hunarga yo‘naltirildi, 400 nafariga kredit ajratildi, 475 nafariga 536 mln. so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi, 191 nafar yoshlarga 712 mln. so‘m subsidiya ajratildi.
- O‘tkazilgan o‘rganishlarda 3087 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.
- Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd. so‘mi talon-toroj qilinganligi aniqlanib, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
- Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 1644 ta muammo ijobiy hal etildi.
- Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 6,4 trln. so‘mi amalda undirildi, 5,7 trln. so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,2 trln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.
- O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 1,5 trln. so‘mi talon-toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 540 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ulashish:
Sharhlar