Ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada oshdi

Foto: yuz.uz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2024 yil iyul oyida 1160 birlikni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 16,0 foizga sezilarli darajada oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizlik o‘sish kuzatildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan:

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,9%ga;

faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 0,8%ga;

tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 24,4%ga;

tovar belgilari bo‘yicha komponent 52,8%ga;

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.