Sadir Japarov ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Президент Кыргызстана поручил отозвать законопроект о СМИ
Источник: serep.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi Akilbek Japarov ma’lum qildi.

Mamlakatlar Qirg‘iziston—O‘zbekiston qo‘shma biznes-forumini o‘tkazgan. Navbatdagi tadbir ikkala davlat rahbarlari ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Qirg‘iziston madaniyati kunlari bo‘ladi.

“Ikki prezidentning ushbu uchrashuvi mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim qadamga aylanadi va keng qamrovli o‘zaro strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga turtki beradi”, — dedi Akilbek Japarov.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat rahbarlari tovar aylanmasini 2 milliard dollargacha yetkazish vazifasini qo‘ygan. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, u 694 million dollarni tashkil etgan. Bu raqam 2022-yilga nisbatan 15,8 foizga oshgan. Eksport yetkazmalari 22,9 foizga, import esa 11,2 foizga o‘sgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.