Buxoroda ish vaqtida mast holatda bo‘lgan mansabdor shaxs ishdan bo‘shatiladi
6-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Avval xatm, iziga “otim” sarlavhasi ostida tarqalgan, mansabdor shaxs ish vaqtida alkogol mastlik holatida bo‘lib turgani aks etgan video yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.
“Holatni Respublika qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining tegishli mas’ullari o‘rganib chiqdi”, — deyiladi bayonotda.
Ushbu holat haqiqatan ham Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi rahbari bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bildirilishicha, videodagi holat 2023-yil 15-sentabr kuni tasvirga olingan.
O‘sha kuni Inspeksiya boshlig‘i B.Toshev tug‘ilgan kuni sabab o‘z kursdoshlariga ushbu videoni yuborgan. Inspeksiyaning tegishli mas’ullari B.Toshevga bunday xatti-harakatlar kasb etikasiga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirdi.
“Shu o‘rinda B.Toshevning ushbu harakati bois egallab turgan lavozimidan ozod etilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Sharhlar