Toshkentda 26-martdan isitish davri yakunlanadi

Foto: “Yuz.uz”

26-martdan Toshkent shahrida 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqd, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘g‘risida”gi 194-sonli qaroriga asosan, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining ma’lumotlarini hamda o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda, 2024-yilning 26-mart kunidan 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.