Ispaniyada yomg‘ir sabab 140 kishi halok bo‘ldi
Ispaniyada kuchli yomg‘ir bilan birga suv toshqiniga sabab bo‘lgan bo‘ron tufayli 140 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda EFE agentligiga asoslanib TACC xabar bermoqda.
Hozirgi bo’ron mamlakat tarixidagi eng halokatli tabiiy ofatlardan biriga aylandi. Bundan avval, eng yirik va halokatli bo’ronlardan biri Ispaniyada 2019-yil sentyabr oyida DANA deb nomlanuvchi kuchli yomg‘ir va suv toshqinlariga olib kelgan edi. Ushbu bo’ron Ispaniyaning janubi-sharqiy qismi, ayniqsa, Mursiya, Alikante va Valensiya hududlariga ta’sir qilgan. Alikante shahriga atigi ikki kunda 300 mm yomg‘ir yog’gan, bu hududning yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorining yarmiga teng edi. Ushbu tabiiy ofat yetti kishining hayotiga zomin bo‘lib, 1,5 milliard yevrodan ziyod iqtisodiy zarar keltirdi. 2019-yilda DANA sabab bo’lgan kuchli suv toshqinlari qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazdi, ayniqsa, Vega Baja mintaqasidagi ekin maydonlari suv ostida qoldi va natijada fermerlar moliyaviy talafotlarga uchradi.
Sharhlar