Ispaniyadagi suv toshqinlari oqibatida 100 dan oshiq odam halok bo‘ldi
Ispaniyadagi suv toshqinlari oqibatida 100 dan oshiq odam halok bo‘ldi, 250 ga yaqin odam bedarak yo‘qoldi. “UzNews” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ispaniya hukumati sel-suv toshqinlari qurbonlari uchun uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Valensiya mintaqasidagi Chiva shahri aholisi so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik suv toshqini guvohi bo‘ldi. Buning natijasida infratuzilmaga katta zarar yetdi, avtomobillar va uylar suv ostida qolgani tufayli yuzaga kelgan zarbalardan odamlar o‘ziga kela olmayapti.
Ulashish:
Sharhlar