Ispanlar yetarlicha yordam bera olmagani uchun hukumatdan norozi

Foto: BBC

1-noyabr kuni hisobiga ko’ra,  Ispaniyada suv toshqini qurbonlari soni 205 kishiga yetgan edi. Qutqaruvchilar hamon ayrim hududlarga yetib bora olmayapti.

Valensiyadagi suv toshqinlaridan jabrlangan aholiga yordam berish uchun 10 ming harbiylar ofat hududiga yuborilgan. Ammo, natija odamlar uchun kutilganidek bo’lmaganidan ispanlar hukumatnorozi ekanligini bildirmoqda. Bu haqida BBC xabar bermoqda.

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches jabrlangan hududlarga 5 ming harbiy va bir xil miqdordagi politsiyachi borishini aytgan. Shunday qilib, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining umumiy soni 17,5 ming kishini tashkil etadi.

“Valensiyadagi suv toshqinlarini Ispaniya bu asrda boshdan kechirgan eng jiddiy tabiiy ofat”, degan Sanches.

Ispaniya ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska juma kuni Cadena Ser radiostansiyasiga toshqin oqibatida 207 kishi halok bo‘lganini, ammo qidiruv ishlari davom etar ekan, bu raqam ortishi mumkinligini aytgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.