Isroil Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Adhamov Isroil Mirjamolovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar I.Adhamov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida ishlagan.
I.Adhamov prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Ulashish:
Sharhlar