Isroil BMTni UNRWA faoliyatini taqiqlash to‘g‘risida rasman xabardor qildi
Isroil hukumati Yaqin Sharqdagi Falastin qochqinlariga yordam ko‘rsatish uchun BMT agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlash to‘g‘risida rasmiy bildirish berdi. Ushbu qaror uch oydan keyin kuchga kiradi. Shu vaqt oralig’ida Isroil xalqaro hamkorlari, jumladan BMT tashkilotlari bilan hamkorlikni davom ettirib, G‘azo sektoridagi aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ta’minlashni maqsad qilmoqda, lekin bu yordam Isroil xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymasligi kerak, deyiladi xabarda.
28-oktabrda Isroil parlamenti UNRWAning mamlakat hududida faoliyatini taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, bu bilan UNRWA Falastin hududlarida ham o‘z ishini davom ettirishi qiyinlashadi, chunki bu hududlarga kirish-chiqishni Isroil harbiy kuchlari nazorat qiladi.
Isroil UNRWAni ayrim xodimlarini 2023-yil 7-oktabrda mamlakatga qarshi keng ko‘lamli hujumlarda ishtirok etganlikda ayblamoqda. AQSh, Germaniya va bir qator boshqa davlatlar agentlikning faoliyatini taqiqlash qarori yuzasidan «hamdardlik» bildirgan. BMT Xavfsizlik Kengashi Isroilni ushbu qarorni bekor qilishga chaqirgan.
Sharhlar