Isroil Madrimov WBC reytingida uchinchi bo‘ldi

Foto: daryo.uz

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Ushbu reytingdan Otabek Xolmatov hamda Isroil Madrimov joy oldi.

Super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov yangilangan reytingda uchinchi pog‘onada qayd etildi. Bokschi WBC reytingida so‘nggi bor yanvar oyida 8-o‘rindan joy olgan edi. Shuningdek, Otabek Xolmatov 18-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot o‘rnida: bir necha kun oldin Isroil Madrimov dunyoga mashhur “The Ring” reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.