Isroil yana Livan va G‘azoga zarbalar berdi
Isroilning G‘azo sektorida amalga oshirgan havo hujumlarida so‘nggi 24 soat ichida 60 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar beradi.
Livan Bosh vaziri Najib Mikati Isroilni muzokaralarda “qaysarlik”da aybladi, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu esa “har qanday bosim va cheklovlarga qaramay” xavfsizlikni ta’minlash uning ustuvor vazifasi ekanini aytdi.
Shu bilan birga, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi shifokorlar kechasi va juma kuni ertalab Isroilning Dayr al-Balax shahri, Nusayrat lageri va markaziy qismida joylashgan Al-Zavayda shahriga zarbalar berganligi haqida xabar bergan. Falastin anklavining bir qismi, shuningdek, janubda 60 ga yaqin odam halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar yaralangan.
Isroil juma kuni ertalab Bayrutning janubiy chekka hududlarini ham o‘qqa tutgan va kamida 10 ta zarba bergan. Zarbalar Isroil 10 ta alohida hududni evakuatsiya qilishga buyruq berganidan keyin uyushtirilgan. Ammo hujumlar so‘nggi buyruqlar chiqarilishidan oldin boshlangan, deydi agentlik.
Sharhlar