Isroilning О‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Isroilning О‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Gideon Lustig Toshkentda o‘z vazifasini rasman boshladi, deya xabar beradi elchixona matbuot xizmati.
О‘zbekistonga yetib kelgach, elchi Ikkinchi jahon urushi yillarida yahudiylarning qutqarilishiga bag‘ishlangan yodgorlikni ziyorat qildi.
Lustig o‘zbek xalqi Sharqiy Yevropadan kelgan yahudiy qochqinlarga beqiyos insoniy munosabat ko‘rsatganini, ular bilan non baham ko‘rganini, boshpana berganini ta’kidladi.
“Men Xolokostdan omon qolganlarning nabirasi sifatida o‘zbek xalqini uning mehmondo‘stligi va insonparvarligi uchun chuqur hurmat qilaman va qadrlayman”, – dedi yangi elchi.
Ulashish:
Sharhlar