O‘zbekistonda hafta davomida issiq harorat saqlanib turadi
16-sentabr kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan biroz nam havo massalari kirib kelishi boshlandi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
17-sentabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
18-sentabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19-sentabrda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
20-sentabrda O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30, ba’zi joylarda 32 gacha, kechalari 12-17 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 16-17-sentabr va 19-20-sentabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.
Toshkentda 17-sentabrda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 18-20-sentabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19-sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 14-17, kunduz kunlari 26-29 daraja bo‘ladi.
Sharhlar