Issiq havoda elektr jihozlaridan qanday foydalanish kerak
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ issiq ob-havo sharoitida noxush holatlar kelib chiqishini oldini olish maqsadida elektr jihozlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi:
- maishiy sovitish uskunalari uchun mo‘ljallangan elektro‘tkazgich, rozetka va boshqa elektr jihozlar sozligiga doimo ahamiyat qarating;
- sovitish uskunalarining holatini nazorat qilib boring, ya’ni ularni o‘z vaqtida ta’mirlash, ishdan chiqqan qismlarini almashtirish yodingizdan ko‘tarilmasin;
- elektr tarmoqlarida yuklama hosil bo‘lmasligi uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta sovitish jihozlaridan foydalanmaslikka harakat qiling;
- shteker rozetkaga to‘liq kirganiga ishonch hosil qiling, aks holda elektr o‘tkazuvchi sim qizib ketishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lishi mumkin;
- elektr simlarini gilam va boshqa to‘shamalar ostidan o‘tishiga yo‘l qo‘ymang;
- elektr simlari ustiga og‘ir buyumlar, masalan mebel qo‘ymang, bu simning qizishi va yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar