10-iyundan boshlab ​​Toshkentdan Issiqko‘lga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Фото: Adventour

Joriy yilning 10-iyun sanasidan boshlab, “Uzautotrans Service” MChJ tomonidan Toshkent va Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) shahri o‘rtasida mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qatnovlar oyning juft kunlarida (kun ora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 300 000 so‘m etib belgilangan.

“Uzautotrans Service” korxonasi mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.