Istanbulda 23-noyabr kuni rejalashtirilgan 38 ta parvozni bekor qildi
Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron tufayli Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi 23-noyabr kuni rejalashtirilgan 38 ta parvozni bekor qildi.
Bekor qilingan reyslar orasida:
– 10 ta ichki reyslar,
– 28 ta xalqaro reyslar mavjud.
Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10% ga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha Meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilindi.
Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
“O‘z parvozingiz holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya etamiz”, – deyiladi O’zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabarida.
Ulashish:
Sharhlar