Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Фото: UZBEKISTAN AIRPORTS

Qanot Sharq aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikki shahridan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

11-iyundan Istanbul va Namangan o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi. Shuningdek, 13-iyundan boshlab aviatashuvchi Qarshi – Istanbul – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi. Parvozlar haftada bir marta payshanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Iyun oyi yakuniga O‘zbekistonning sakkiz shahridan – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Farg‘ona, Namangan va Qarshidan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qanot Sharq aviakompaniyasi yaqin orada Qarshidan yana ikki yo‘nalish Qarshi – Moskva – Qarshi va Qarshi – Sankt-Peterburg – Qarshi yo‘nalishlarida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.