Iste’molchi 24 soat ichida sifatsiz mahsulotni almashtirish huquqiga ega

Foto: Fotolia

Qonunchilikka ko‘ra, o‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi) quyidagilardan birini talab etishga haqli:

  • aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;
  • xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;
  • xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;
  • tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;
  • tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini.

Bunda xaridor zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilganligi oqibatida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.