It talagan bola ahvoli yaxshiligi ma’lum qilindi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 4 yoshli bolaga it tashlanganligi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
“Millar” dasturda ma’lum qilinishicha, voqea 16-oktabr kuni soat 07:30 larda sodir bo‘lgan. Ayol qizi va o‘g‘lini maktab, bog‘chaga olib ketayotganida it tashlanib qolgan.
“Ayolim tez yetib keling, 5-shifoxonaga ketyapmiz, bolani kuchuk tishlab tashladi, degan paytda hissiyotimni so‘zda ifodalab bo‘lmaydi”, – degan bolaning otasi.
U daydi itlar ko‘payib ketganini bildirib, ularni yo‘qotish va xavfsizlantirishni so‘ramoqda. Bola hozir shifoxonada muolajalar olmoqda.
“Bola noma’lum it tomonidan tishlangan. Bo‘yin sohasi, ko‘krak qafasi sohasi va o‘ng qo‘l to‘rtinchi barmog‘ini tishlagan, ko‘p jarohatlar yetkazilgan. Quturishga qarshi vaksinalar va antibakterial dori muolajalari qilindi. Veterinar ko‘rigi bo‘yicha it nazoratga olingan, u 10 kun davomida kuzatilib, sog‘lig‘i bo‘yicha bizga ma’lumot berishadi. Ungacha bola bizning shifoxonada yotib, quturishga qarshi davo muolajalarini oladi. Hozirda bolaning ahvoli hozir yaxshi”, – dedi bolani davolayotgan shifokor.
Toshkent tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimining bildirishicha, bolani tishlagan it 10 kun saqlanadi va egasi bo‘lmasa, pitomnikka topshiriladi.
Sharhlar