Iyun oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotgani ma’lum qilindi
Bu yil yoz iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Harorat kunduz kunlari 28-33o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-38o gacha bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.
Iyun oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 4-5 iyun kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 14-19o, kunduz kunlari 28-33o, ba’zi joylarda 35o gacha, janubda va cho‘l hududlarda 37o gacha bo‘ladi.
6-10 iyunda ayrim kunlarda (1-2 kun) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 14-19o, kunduz kunlari 28-33o, shimolda va cho‘l hududlarda 35-37o gacha bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat asosan kechalari 15-20o, kunduz kunlari 33-38o, janubda va cho‘l hududlarda 40o gacha bo‘ladi. Oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli ko‘p.
Sharhlar