Buxoro shahar sobiq hokimi viloyat ekologiya boshqarmasiga rahbar bo‘ldi
Nosirov Jamol Shuhratovich Buxoro viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jamol Nosirov 1985-yil 12-iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005-yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Faoliyati davomida “Kamolot” YoIH Buxoro viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari va Buxoro shahar hokimi lavozimlarida samarali mehnat olib borgan.
Jamol Nosirov 1-may kuni sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli, o‘z arizasi bilan hokim lavozimidan ozod etilgan edi.
Sharhlar