Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi.
Xabarga ko’ra, u davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun ushbu unvonga munosib deb topilgan.
Sharhlar