Nobel mukofoti sovrindori O‘zbekistonga keladi

Foto: Getty Images

Oktabrda fransiyalik olim, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol ilk marotaba O‘zbekistonga keladi.

Olim iqtisodiyotning sanoat boshqaruvi, moliya, makroiqtisodiyot va bank boshqaruvi sohalarida kuchli bilim va tajribaga ega bo‘lib, asosan, ushbu yo‘nalishlarda tadqiqot olib boradi.

Xabarga koʻra, Jan Tirol ishtirokida 14-oktabr kuni talabalar, biznes egalari, olimlar va iqtisodiyot sohasi ishbilarmonlari uchun ochiq ma’ruza tashkil etiladi.

Uchrashuvda olim bilan monopoliyalarni boshqarish va xalq farovonligiga erishish mavzularida ham suhbat uyushtirilishi kutilmoqda.

Tadbir o‘zbek va rus tillarida sinxron tarjima qilinadi.

Ma’lumot uchun, uchrashuv soat 15:00da “Intercontinental Hotel Tashkent ” mehmonxonasida (Trilliant) boshlanadi.

Unda qatnashishni istaganlar chiptalarni iticket.uz saytidan onlayn xarid qilishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.