Janubiy Koreya poytaxti Seul va uning atrofidagi viloyatlarda 27-noyabr, chorshanba kuni so’nggi 117 yil ichida eng kuchli qor yog’di.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da Seulda 18 santimetr qor yog’gan, bu 1907-yildan beri noyabr oyi bo’yicha rekord darajadagi ko’rsatkichdir, deb xabar berdi Koreya meteorologiya boshqarmasi (KMA).
Oldingi rekord 12,4 santimetrli qor 1972-yil 28-noyabrda qayd etilgan, deya qo’shimcha qildi KMA.
Inchxonda ham noyabr oyi bo’yicha rekord darajadagi qor yog’di, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 holatiga ko’ra bu yerda 14,8 santimetr qor yog’gan. Shu bilan birga, Suvon shahridagi 21 santimetr qor noyabr oyida qayd etilgan eng yuqori yog’ingarchilik miqdori hisoblanadi.
Qor yog’ishi vayronalar, avtohalokatlar va elektr energiyasining uzilishiga olib keldi.
Mahalliy vaqt bilan soat 18:00 holatiga ko’ra, qor yog’ishi sababli mamlakat bo’ylab aeroportlarda 150 ta reys, jumladan, Inchxon xalqaro aeroportida 71 reys bekor qilingan. Shuningdek, Janubiy Koreya bo’ylab 70 ta yo’nalish bo’yicha 89 ta yo’lovchi paromlari faoliyati to’xtatilgan va 7 ta milliy bog’ga kirish cheklangan.
Sharhlar