“Janubiy” qo’shinlari guruhi qo’mondoni Anashkin o’z lavozimidan chetlatildi
Janub qo’shinlari guruhi qo’mondoni general-polkovnik Gennadiy Anashkin o’z lavozimidan chetlatildi. Bu haqda urush tarafdori Telegram kanallari xabar bermoqda.
General Anashkinning yuqori rahbariyatga yolg’on ma’lumot berishi natijasida rus armiyasi Seversk posyolkasi hududida ma’nosiz hujumlarda katta yo’qotishlarga duch keldi.
2024 yil may oyida Anashkin Janubiy harbiy okrug qo’mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingan edi. Shu bilan birga, general-polkovnik Aleksandr Lapin Leningrad harbiy okrugiga, general-polkovnik Sergey Kuzovlev esa Moskva harbiy okrugiga rahbarlik qilgani ma’lum bo’ldi.
Ulashish:
Sharhlar