Javrail polvon Dog‘istonda tengsiz bo‘ldi

Foto: uza.uz
Dog‘istonning Kaspiysk shahrida erkin kurash bo‘yicha Ali Aliyev xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirda erkin kurash bo‘yicha O’zbekiston terma jamoa a’zosi, Javrail Shapiyev 86 kg. vazn toifasidagi yarim final bellashuvida chechenistonlik Abdulla Satsayevni yenggan bo‘lsa, so‘nggi hal qiluvchi final bahsida dog‘istonlik Muhammad-Tohir Xaniyevni 4:0 hisobida taslim etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Parij-2024” yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Javrail Shapiyev chempionga aylangan ushbu musobaqaning bronza medallariga Alan Nayfonov (Alaniya) va Ali Nurov (Dog‘iston) ega chiqdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.